add

Davlat xizmatchilari uchun «MyDX» ilovasi ishga tushirildi

Ushbu innovatsion platforma orqali xizmatchilar shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish, ish o‘rinlariga ariza topshirish va malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Davlat xizmatchilari uchun «MyDX» ilovasi ishga tushirildi
O‘zbekistonda davlat xizmatchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «MyDX: Davlat xizmatchisi» mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Loyiha Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tashabbusi bilan amalga oshirildi. Ilova orqali davlat xizmatchilari o‘z shaxsiy ma’lumotlarini boshqarishi, tashkiloti uchun yangi tashabbuslar taqdim etishi va rivojlanish rejalarini belgilashi mumkin. Shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza topshirish va karerada yuqori bosqichlarga chiqish imkoniyati yaratiladi. Platforma xizmatchilarga turli onlayn kurslarda o‘qish, sertifikat olish va elektron kitoblardan foydalanish imkonini ham taqdim etadi. Bu ularning malakasini oshirish va zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishida qo‘l kelishi kutilmoqda. Ilovaning qulay interfeysi va zamonaviy dizayni foydalanuvchilar uchun barcha xizmatlarni bir joyda taqdim qiladi. Eng asosiysi, xizmatdan mutlaqo bepul foydalanish mumkin. «MyDX: Davlat xizmatchisi» ilovasini Google Play va AppStore orqali yuklab olish mumkin. Yangi raqamli platforma davlat boshqaruvini samarali va interaktiv yo‘nalishda rivojlantirishga xizmat qilishikutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid