add

Dodo Pizza o‘z shtab-kvartirasini Qozog‘istonga ko‘chirdi

17.06.2025 | 15:3018813

Rossiyaning yirik pitssa tarmog‘i Dodo Pizza va Drinkit qahvaxonalari sohibi Dodo Brands o‘zining huquqiy ro‘yxatini Britaniya Virgin orollaridan Qozog‘istonga rasman ko‘chirdi. Bu qadam kompaniyaning xalqaro biznesini rivojlantirish rejalari bilan bog‘liq.

Dodo Pizza o‘z shtab-kvartirasini Qozog‘istonga ko‘chirdi
Dodo Brands kompaniyasi 2025 yil iyun oyida o‘z shtab-kvartirasini rasman Qozog‘istonga, Astana Xalqaro moliya markaziga (AIFC) ko‘chirdi. Bu haqda AIFC rasmiy bayonotida ma’lum qilindi. Avval kompaniya Britan Virgin orollarida ro‘yxatdan o‘tgan edi. Maqsad – xalqaro faoliyat uchun qulayroq huquqiy va moliyaviy muhit yaratish. Ekspertlar ta’kidlashicha, Qozog‘iston Rossiya kompaniyalari uchun Britan Virgin orollariga nisbatan ancha qulay huquqiy va soliq muhitiga ega. Ayniqsa, 2022 yilda Ukrainaga urush boshlanganidan keyin Rossiya tomonidan Britan hududi «noqulay yurisdiksiya» deb e’lon qilingan. Dodo Brands 2011 yilda Fyodor Ovchinnikov tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, hozirgacha 26 davlatda 1 300 dan ziyod restoran va qahvaxonaga ega. 2024 yilda kompaniyaning yillik daromadi 117,6 mlrd rublni ($1,49 mlrd) tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 33,3 mlrd rublga ($423,6 mln) yetgan. Dodo Brands bosh direktori Dmitriy Solovyovga ko‘ra, Qozog‘istonga ko‘chish mantiqiy qaror bo‘ldi: kompaniyaning korporativ ofislari va xalqaro operatsiyalarining katta qismi aynan shu yerda joylashgan. Ayni paytda, Qozog‘istonda 40 dan ziyod xalqaro kompaniyalar o‘z aktivlari bilan AIFC hududiga ko‘chib o‘tgan. Rossiya esa o‘zidagi maxsus iqtisodiy zonalarga 500 kompaniyani qayta ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Teglar

Mavzuga oid