add

Dollar o‘z o‘rnini boy bermoqda: valutalar qiymati mintaqalar bo‘yicha qanday o‘zgardi?

Kecha 11:153 daqiqa

2025 yilda AQSH dollari uzoq vaqt davom etgan ustunlikdan so‘ng o‘z qiymatini sezilarli darajada yo‘qotdi. AQSH iqtisodiyoti sekinlashayotgan bir paytda dollarining zaiflashuvi yevro, Meksika pesosi va Janubiy Afrika rendining mustahkamlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochdi.

Dollar o‘z o‘rnini boy bermoqda: valutalar qiymati mintaqalar bo‘yicha qanday o‘zgardi?

2025 yil jahon valuta bozori uchun burilish davri bo‘ldi: AQSH dollari uzoq vaqt davom etgan ustunlikdan so‘ng o‘z qiymatini sezilarli darajada yo‘qotib, yetakchilikni boshqa mintaqaviy valutalarga bo‘shatib berdi. AQSH iqtisodiyoti sekinlashayotgan bir paytda dollarining zaiflashuvi yevro, Meksika pesosi va Janubiy Afrika rendining mustahkamlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochdi.

Dollarning pasayishi va mintaqaviy yetakchilarning yuksalishi

2025 yilning asosiy tendensiyasi AQSH dollarining keskin zaiflashuvi bo‘ldi. Valuta jahonning asosiy valutalari savatchasiga nisbatan o‘z qiymatining 9,1 foizini yo‘qotdi. Tahlilchilar buni AQSH iqtisodiyotidagi sovish jarayoni hamda investorlarning foiz stavkalari pasaytirilishiga doir kutilmalari bilan bog‘lamoqda. Bu esa dollardagi aktivlarning jozibadorligini kamaytiradi. Bu haqda «Visual Capitalist» xabar berdi.

Shu fondda 2025 yilda avval bosim ostida bo‘lgan boshqa mintaqalar valutalari sezilarli o‘sishni namoyon etgan:

  • Lotin Amerikasi: Shubhasiz yetakchi — Meksika pesosi bo‘lib, u ta’sirchan 15,3 foiz o‘sishni qayd etdi.

  • Afrika: Janubiy Afrika rendi ham kuchli dinamika ko‘rsatib, qiymatini 13,5 foizga oshirdi.

  • Yevropa: Yevro o‘z pozitsiyalarini tiklab, 13,0 foizga mustahkamlandi. Bunga yevrozonada inflatsiya bosimining pasayishi va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prognozlarning yaxshilanishi turtki bo‘ldi.

image_2026-01-27_10-45-29

Barqarorlik va bozor autsayderlari

Barcha valutalar ham dollarning zaiflashuvidan foydalana olmadi. Hind rupiyasi yilni 4,8% pasayish bilan yakunladi. Bunga mamlakat ichidagi tuzilmaviy iqtisodiy muammolar hamda kapital chiqib ketishi bilan bog‘liq bosimlar sabab bo‘ldi.

Shu bilan birga, Yaponiya iyenasi deyarli o‘zgarishsiz qolib, ramziy tarzda 0,1% o‘sishni qayd etdi. Bu Yaponiya va AQSH o‘rtasidagi pul-kredit siyosatidagi tafovutni aks ettiradi. Yaqin Sharq valutasi — BAA dirhami esa 0,0% ko‘rsatkich bilan yilni yakunladi, chunki uning kursi AQSH dollariga qat’iy bog‘lab qo‘yilgan.

Jahon savdo hajmlari

Qiymati pasayganiga qaramasdan, AQSH dollari hali ham dunyoda eng ko‘p savdo qilinadigan valuta bo‘lib qolmoqda – uning o‘rtacha kunlik savdo hajmi 8,56 trillion dollarni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda yevro joylashgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2,77 trillion dollarga teng.

Hudud

Valuta

2025 (foiz o‘zgarish)

Shimoliy Amerika

AQSH dollari (USD)

-9.1%

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika

BAA dirhami (AED)

0.0%

Janubiy Osiyo

Hind rupisi (INR)

-4.8%

Sahroi Kabiriy Afrika

Janubiy Afrika rendi (ZAR)

13.5%

Yevropa va Markaziy Osiyo

Yevro (EUR)

13.0%

Sharqiy Osiyo va Tinch okeani

Yapon yeni (JPY)

0.1%

Lotin Amerikasi va Karib dengizi

Meksika pesosi (MXN)

15.3%

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 2025 yilda trendlarning keskin burilishi «Forex» bozorida sharoitlar qanchalik tez o‘zgarishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatgan. Kapital dollardagi aktivlardan rivojlanayotgan mamlakatlar valutalari va xomashyoga bog‘liq valutalarga yo‘nalmoqda, bu esa investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Nima uchun Meksika pesosi o‘smoqda

Meksika pesosining (+15,3%) favqulodda o‘sishi tasodifiy emas va faqat dollar zaiflashuvi bilan izohlanmaydi. Meksika iqtisodiyoti uchun asosiy harakatlantiruvchi omil – «nirshoring» («nearshoring») deb ataladigan jarayondir. Bu xalqaro kompaniyalar o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini Xitoydan asosiy savdo bozori – AQSHga yaqinroq hududlarga ko‘chirayotgan global tendensiyadir.

Meksika ushbu jarayonning asosiy benefitsiariga aylanib, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni rekord darajada jalb etmoqda. Bu esa milliy valutaga bo‘lgan barqaror talabni shakllantiradi.

Bu nega muhim?

Dollar kursining 9 foizdan ortiq pasayishi jahon iqtisodiy kayfiyatida o‘zgarishlar ro‘y berayotganidan dalolat beradi. Oddiy aholi va investorlar uchun bu jamg‘armalarni faqat AQSH dollarida saqlash strategiyasi endi kamroq samarali bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Kuchsiz dollar odatda xomashyo tovarlari (neft, oltin, don mahsulotlari) narxining oshishiga olib keladi, chunki ular dollarda baholanadi. Bu esa butun dunyo bo‘ylab yoqilg‘i va oziq-ovqat mahsulotlari narxiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, yevro kabi valutalarning jonlanishi Yevropa Ittifoqida iqtisodiy faollik tiklanayotganini ko‘rsatadi, bu esa jahon savdosi uchun ijobiy signal hisoblanadi.

 

 

 

 

Teglar

Mavzuga oid