add

«Dom» oldidagi parkovkalar ham pullik bo‘lmoqda: yillik ruxsatnoma sotib olish mumkin

Kecha 22:452381 daqiqa

Toshkentda pulli to‘xtash joylari atrofida yashovchilar uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etilmoqda.

«Dom» oldidagi parkovkalar ham pullik bo‘lmoqda: yillik ruxsatnoma sotib olish mumkin

Toshkent shahrida pulli to‘xtab turish joylarida rezidentlar uchun avtoturargoh ruxsatnomalari joriy etilmoqda.

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov tomonidan imzolangan hujjatga ko‘ra, pulli avtoturargohlar tashkil etilgan hududiy zonalarga bevosita yaqin joylashgan uylarda yashovchi fuqarolarga imtiyozlar beriladi. Yangi tartib 2026 yil 1-fevraldan boshlab to‘liq kuchga kirishi belgilangan

Belgilanishicha, har bir turarjoy uchun ko‘pi bilan ikkita rezident avtoturargoh ruxsatnomalari ro‘yxatga kiritilishi mumkin.

Rezidentlar uchun soat 20:00 dan 08:00 gacha to‘xtab turish bepul, qolgan vaqtlarda esa belgilangan tariflar asosida to‘lov undiriladi. Ruxsatnoma bir yillik muddatga beriladi. Yillik rezidentlik to‘lovi uchun bir bazaviy hisoblash (amalda 412 ming so‘m) miqdorida to‘lov qilinishi kerak bo‘ladi.

Rezidentlik ruxsatnomasi uchun yillik to‘lovni amalga oshirgan shaxslarga uy atrofidagi pulli to‘xtash joylaridan aniq bir nuqta biriktirib (bron qilib) beriladimi yoki yo‘q: bunga aniqlik kiritilmagan.

Teglar

Mavzuga oid