add

Donald Tramp Eronga 30 mlrd taklif qilingani haqidagi xabarni rad etdi

28.06.2025 | 21:3035273

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga yadroviy quroldan voz kechishi evaziga 30 mlrd dollar miqdorida yordam berish rejasi haqidagi xabarlarni qat’iy rad etdi. U CNN tarqatgan ma’lumotni «feyk» deb atadi

Donald Tramp Eronga 30 mlrd taklif qilingani haqidagi xabarni rad etdi
Avvalroq CNN telekompaniyasi o‘z manbalarga tayanib, Tramp ma’muriyati Eronning uranni boyitishdan va yadro quroli yaratishdan voz kechishi evaziga uning tinch yadro dasturini rivojlantirish uchun 30 mlrd dollar ajratish masalasini muhokama qilayotgani haqida xabar bergan edi. Tramp bu xabarni uning sha’niga dog‘ tushirishga qaratilgan «noo‘rin g‘oya» deb baholab, uni hech qachon eshitmaganini aytdi va buni feyk axborot orqali uni tahqirlashga qaratilgan qadar deb atadi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mablag‘ to‘g‘ridan to‘g‘ri AQSH tomonidan emas, balki Fors ko‘rfazi mamlakatlari tomonidan ajratilishi mumkinligi muhokama qilingan. Shuningdek, ba’zi sanksiyalarni yengillashtirish va xorijdagi 6 mlrd dollarlik Eron aktivlarini muzlatishni bekor qilish takliflari ham tilga olingan. Tramp shuningdek Eronga nisbatan sanksiyalarni yumshatish g‘oyasidan voz kechganini aytgan edi. Bu qaror Eron oliy rahbari Aliy Xomanaiy uni AQSHning yadro ob’ektlariga zarbalari oqibatlarini «bo‘rttirib ko‘rsatishda» ayblagani va AQSHga yana «javob zarbasi» berish bilan tahdid qilganidan so‘ng qabul qilingan.

Teglar

Mavzuga oid