Donald Tramp kriptovalyutalardan 1,4 mlrd dollar daromad olganini ma’lum qildi
AQSH prezidentining Hukumat etikasi idorasiga taqdim etgan moliyaviy hisobotida World Liberty Financial kripto loyihasidan qariyb 800 million dollar va o‘zining Trump memkoinlaridan 635 million dollar ishlab topgani qayd etildi.
© ReutersAQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil uchun AQSH Hukumat etikasi idorasiga moliyaviy hisobotini taqdim etdi.
Hisobotga ko‘ra, AQSH prezidenti kriptovalyuta loyihalaridan 1,4 milliard dollardan ortiq daromad olgan. Trampning asosiy daromadi World Liberty Financial kripto loyihasidan tushgan bo‘lib, u qariyb 800 million dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, u o‘zining memkoinlari savdosidan ham 635 million dollar daromad ko‘rgan.
Ma’lumot uchun, Tramp bir yil avval World Liberty Financial tokenlari savdosidan 57,35 million dollar daromad olganini bildirgan edi. Bu yilgi hisobotda esa ushbu ko‘rsatkich qariyb to‘qqiz baravarga oshgani qayd etilgan.
Ushbu moliyaviy hisobot Tramp daromadining asosiy qismi raqamli aktivlar va kriptovalyuta loyihalari hisobiga shakllanayotganini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida kriptovalutalar sababli Tramp va oilasining umumiy boyligi 6,8 mlrd dollarga yetgan edi.





