add

Donald Tramp Qatardan 400 mln dollarlik samolyot qabul qiladi

13.05.2025 | 10:0531693

Qatar AQSHga lyuks tasnifidagi Boeing 747-8 samolyotini hadya qilishni taklif qilmoqda. Donald Tramp bunday sovg‘ani qabul qilish niyatida ekanini bildirdi. Demokratlar esa bu harakatni Konstitutsiyaga zid deb hisoblayapti.

Donald Tramp Qatardan 400 mln dollarlik samolyot qabul qiladi
Qatar hukumati prezident Donald Tramp boshchiligidagi AQSH ma’muriyatiga 400 mln dollarlik lyuks tasnifidagi Boeing 747-8 havo laynerini hadya qilmoqchi. Bu qaror hali rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, Tramp buni «ochiq va shaffof kelishuv», deb atadi. Uning aytishicha, samolyot vaqtincha Air Force One o‘rnini bosadi va keyinchalik prezident kutubxonasi fondiga topshiriladi. Hozircha bu masala o‘rganib chiqilmoqda, yakuni qarorga kelib bo‘linmagan degan Politico nashriga Qatarning AQSHdagi press attashesi al-Ansoriy. Shunday bo‘lsa ham, demokratik partiya vakillari bu harakatni qattiq tanqid ostiga olmoqda. Kongressmen Adam Shiff bunday sovg‘a Konstitutsiyaga zidligini, senator Chak Shumer esa uni «chegara bilmas korrupsiya», deb atadi. Kongressmen Richi Torres esa shoshilinch etik ekspertiza o‘tkazilishini talab qildi. Tramp esa demokratlarning o‘zini korrupsiyada ayblab, kelishuv davlat manfaatlari uchun amalga oshirilayotganini bildirdi. AQSH mudofaa vazirligi barcha xarajatlarni qoplashini ma’lum qildi. Manbalarga ko‘ra, sovg‘a rasman Trampning Qatar, Saudiya Arabistoni va BAAga ikkinchi prezidentlik muddatidagi ilk xorijiy safari paytida e’lon qilinadi. U fevralda mazkur samolyotni shaxsan ko‘zdan kechirgan. Ayni paytda Trump Organization Qatarda 3 mlrd dollarlik golf-kurort barpo etishga kirishgan. Kompaniyaning Dubay, Jidda va O‘monda ham qimmatbaho loyihalari bor. Barcha aktivlarning umumiy qiymati 10 mlrd dollardan oshgan.  

Teglar

Mavzuga oid