add

Dunyo bo‘ylab bosh vazirlar iste’fosi davom etmoqda: navbat Nepalga

09.09.2025 | 17:3038853

Nepalda ijtimoiy tarmoqlar taqiqi bekor qilindi, norozilik namoyishlaridan so‘ng parlamentga o‘t qo‘yildi, bosh vazir doxil yana uchta vazirning iste’fo berdi.

Dunyo bo‘ylab bosh vazirlar iste’fosi davom etmoqda: navbat Nepalga

Nepalda ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi ortidan yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishlari mamlakat siyosiy hayotida keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Reuters va BBC’ning xabar berishicha, vaziyat natijasida bosh vazir Sharma Oli iste’foga chiqdi, shuningdek uch vazir ham lavozimini tark etdi.

O‘tgan hafta rasmiylar Facebook va YouTube kabi 26 ta ijtimoiy tarmoqlarni mamlakatda ro‘yxatdan o‘tmagani uchun taqiqlagandi. Bu qaror «Z avlod namoyishlari» deb atalgan keng ko‘lamli chiqishlarga turtki bo‘ldi. 8 sentyabr kuni minglab yoshlar Katmandu va boshqa shaharlarda ko‘chalarga chiqib, internet cheklovlari va korrupsiyaga qarshi norozilik bildirdi.

Namoyishlar tez orada tartibsizlikka aylandi. Politsiya suv purkagichlar, tayoq va rezina o‘qlardan foydalanib tarqatishga urindi. Hodisalarda kamida 19 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ziyod kishi jarohatlandi.

9 sentyabrda ham noroziliklar davom etdi. Namoyishchilar bosh vazir va sobiq hukumat rahbarlari qarorgohlariga o‘t qo‘ydi, siyosiy partiyalar shtab-kvartiralariga hujum qildi. Bu mamlakatdagi so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik ommaviy chiqish sifatida qayd etildi.

BBC xabariga ko‘ra, Sharma Oli iste’fosini e’lon qilarkan, «hozirgi inqirozning konstitutsiyaviy yechimiga yo‘l ochmoqchi»ligini ta’kidladi. Prezident uning iste’fosini qabul qildi.

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqqani hamda Fransiya bosh vaziri Fransua Bayru iste’foga chiqmoqchiligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Dunyo bo‘ylab bosh vazirlar iste’fosi davom etmoqda: navbat Nepalga | Vaqt.uz