add

Dunyo yetakchilari Oq uyga kelishmoqda

18.08.2025 | 23:0021533

AQSH prezidenti Donald Tramp, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa davlatlari rahbarlari Vashingtonda muzokaralar o‘tkazadi.

Dunyo yetakchilari Oq uyga kelishmoqda
The Washington Post xabar berishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning uchrashuvida vitse-prezident Jey Di Vens, davlat kotibi Marko Rubio, shuningdek, Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff ishtirok etishi kutilmoqda. Oq uydagi muzokaralar boshlanishidan avval Zelenskiy Ukrainaning Vashingtondagi elchixonasida Yevropa davlat rahbarlari bilan uchrashdi. E’lon qilingan tasvirlarda Ukraina prezidentining yevropalik hamkasblari bilan maslahatlashayotgani ko‘rinadi. Uchrashuv qatnashchilari orasida Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bor. Yevropa Ittifoqi rahbarlarini AQSHning protokol bo‘yicha boshlig‘i Monika Krouli kutib olmoqda. Ukrainaning "Obshchestvennoye" telekanalining xabariga ko‘ra, Tramp bilan muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibiga Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak, uning o‘rinbosari Pavel Palisa, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov, mamlakatning AQSHdagi elchisi Oksana Markarova hamda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Kislitsa kiritilgan. Shu paytda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Tramp bilan uchrashish uchun Oq uyga tashrif buyurdi. Uning ortidan Vashingtonga NATO bosh kotibi Mark Ryutte ham yetib keldi va u ham Amerika prezidenti qarorgohiga yo‘l oldi.

Teglar

Mavzuga oid