
Dunyodaning eng kuchli armiyalari o‘ntaligi
07.10.2025 | 17:3024474
Global Firepower Index 2025 yilda harbiy salohiyati bilan jahon muvozanatiga eng katta ta’sir ko‘rsatayotgan davlatlar reytingini ma’lum qildi.

Harbiy salohiyat har doim mamlakatning iqtisodiy va siyosiy qudratini ifoda etuvchi asosiy mezonlardan biri bo‘lib kelgan. Qurol-yarog‘, moliyaviy imkoniyatlar va texnologiyaviy ustunlik mamlakatning xalqaro nufuzini belgilab beradi. Global Firepower Index 2025 yilda dunyodagi eng kuchli armiyalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Birinchi o‘rinni AQSH egalladi — uning mudofaa byudjeti qariyb 900 milliard dollar bo‘lib, 2,1 milliondan ortiq harbiy xizmatchiga ega. Mamlakat 11 ta atom aviatashuvchisi, 750 dan ziyod xorijiy baza va ilg‘or harbiy texnologiyalar bilan ajralib turadi.
Rossiya armiyasi yadroviy arsenali va katta jangovar tajribasi bilan dunyoda ikkinchi o‘rinda. 126 milliard dollarlik mudofaa byudjeti va 3,5 million kishi xizmat qiladigan qurolli kuchlar mamlakatning harbiy salohiyatini ta’minlaydi.
Xitoy armiyasi so‘nggi yillarda tez modernizatsiya qilindi. 267 milliard dollarlik byudjet va 3,1 milliondan ortiq xizmatchi bilan u dunyodagi eng katta dengiz flotiga ega. Mamlakat sun’iy intellekt, kiber va kosmik texnologiyalarga faol sarmoya yo‘naltirayotgani bilan ajralib turadi.
To‘rtinchi o‘rinda Hindiston joylashdi — uning mudofaa byudjeti 75 milliard dollar bo‘lib, 5 milliondan ziyod harbiy xizmatchini o‘z ichiga oladi. Mamlakat yadroviy qurolga ega bo‘lib, mahalliy ishlab chiqarish dasturlariga alohida e’tibor qaratadi.
Yaponiya va Janubiy Koreya ilg‘or texnologiyalar, raketalarga qarshi mudofaa tizimlari hamda zamonaviy harbiy texnikasi bilan Osiyoda yetakchilik qilmoqda. Turkiya va Italiya esa NATOdagi rolini mustahkamlab, mintaqaviy xavfsizlikda muhim o‘rinni egallab turibdi.
Buyuk Britaniya va Fransiya ham o‘z yadroviy salohiyati, aviatashuvchi kemalari va xalqaro operatsiyalardagi ishtiroki bilan global harbiy kuchlar qatorida qolmoqda.
Global Firepower’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur o‘nta davlat harbiy byudjet, jonli kuch, qurol-yarog‘ zaxirasi, yadroviy imkoniyat va texnologiyaviy ustunligi bilan 2025 yildagi dunyo tartibida hal qiluvchi o‘rin tutadi.





