Logo

Endi mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha imtiyozlarni onlayn rasmiylashtirish mumkin

Kecha 15:592 daqiqa

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i imtiyozlarini elektron tarzda rasmiylashtirish tartibi tasdiqlandi.

Endi mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha imtiyozlarni onlayn rasmiylashtirish mumkin © Istimoiy tarmoqlar

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni olish jarayoni raqamlashtirildi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-son qarori bilan soliq imtiyozlarini elektron shaklda rasmiylashtirish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq, fuqarolar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz olish uchun Elektron soliq xizmatlari portali yoki my.gov.uz orqali onlayn murojaat yuborishi mumkin. Bu yangi tartib davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Elektron murojaat kelib tushgach, soliq organining mas’ul xodimi taqdim etilgan ma’lumotlarni soliq organlari axborot tizimlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida tekshiradi.

Reglamentga ko‘ra, murojaat bo‘yicha o‘rganish ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi. Shu muddat davomida soliq imtiyozini qo‘llash yoki rad etish haqida xulosa tayyorlanadi.

Shundan so‘ng, yana bir ish kuni ichida qabul qilingan qaror fuqaroning Elektron soliq xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga yoki my.gov.uz orqali yuboriladi.

Agar murojaat rad etilsa, fuqaro rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etib, qaytadan ariza topshirishi mumkin. Qayta murojaat ham amaldagi ma’muriy reglament asosida ko‘rib chiqiladi.

Qog‘ozbozlik kamayadi

Yangi tartib soliq imtiyozlarini rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan. Endi fuqarolar soliq organlariga bormasdan turib ham ariza yuborish va natijani onlayn qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hukumat ushbu mexanizm orqali ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish hamda aholi uchun soliq xizmatlaridan foydalanishni yanada qulaylashtirishni maqsad qilgan.

Teglar:

SEO title:

Meta description: Mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni elektron rasmiylashtirish tartibi tasdiqlandi. Arizalar uch ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Teglar

Mavzuga oid