
Endi sudlanganlar yuqori davlat lavozimlarini egallay olmaydi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat idoralariga ishonchni mustahkamlash maqsadida sudlangan fuqarolar uchun yuqori lavozimlarga saylanishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu qadam mamlakat siyosiy tizimidagi benuqson obro‘ va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan.
Qonunga ko‘ra, sudlanganlik holati mavjud bo‘lgan shaxslar — hatto sudlanganligi olib tashlangan yoki reabilitatsiya qilinmagan bo‘lsa ham — Qirg‘iziston prezidenti, Jogorku Kenesh deputati, Vazirlar Mahkamasi rahbari yoki a’zosi kabi mansablarga da’vogar bo‘la olmaydi. Shuningdek, Milliy bank va Hisob palatasi kabi muhim organlar rahbarlari uchun ham ushbu cheklov amalda bo‘ladi.
Qonun ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan yengil jinoyatlar yoki tomonlar kelishuvi natijasida yakunlangan ishlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Ammo davlat boshqaruvidagi yuqori darajadagi poklik talablari doirasida jiddiy cheklovlar joriy etildi.
Shu bilan birga, yangi tartib diniy arboblarga ham taalluqli. Unga ko‘ra, diniy faoliyatni to‘xtatgan shaxslar besh yil davomida prezident yoki deputatlikka nomzod sifatida qatnasholmaydi.
Qonun Jogorku Kenesh tomonidan 2025 yil 18 iyunda qabul qilingan bo‘lib, endi rasman kuchga kirdi.





