Logo

Energetika sohasida o‘qiydigan yuqori kurs talabalari dual ta’limga o‘tkaziladi

Bugun 20:101 daqiqa

Ta’kidlanishicha, kelgusi 2-3 yilda quyosh va shamol generatorlari, elektr zaryadlash uskunalari kabi yo‘nalishlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Energetika sohasida o‘qiydigan yuqori kurs talabalari dual ta’limga o‘tkaziladi © Foto: uz.kursiv.media

Yangi o‘quv yilidan boshlab oliygohlardagi yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qiydigan 3-kurs talabalarining yarmi hamda 4-kurs talabalarining barchasi dual ta’limga qamrab olinadi. Bu haqda bugun, 27-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari yig‘ilishda iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun barcha sohalarda, xususan, energetikada zamonaviy kadrlar zarurligini ta’kidlagan. Qayd etilishicha, hozir 25 ta texnika oliygohida bu yo‘nalishda yiliga 5,5 ming mutaxassis tayyorlanmoqda.

«Ochig‘i, ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga kirishib ketishiga 2-3 yil ketyapti», - degan Prezident.


Videoselektorda mas’ullarga bir oyda oliygohlardagi yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq yangilash topshirilgan. Shuningdek, joriy yil 1 sentabrgacha laboratoriya va poligonlarni yangi talablarga moslashtirish boshlanadi.

Ta’kidlanshicha, yangi o‘quv yilidan 3-kurs talabalarining yarmi, 4-kurs talabalarining barchasi dual ta’limga qamrab olinadi. Chunki kelgusi 2-3 yilda quyosh va shamol generatorlari, elektr zaryadlash uskunalari kabi yo‘nalishlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Shuningdek, Saudiya Arabistonining «ACWA» kompaniyasi Shirin energetika texnikumini jihozlab, yiliga 220 nafar yoshni yangi kasblarga tayyorlamoqda. Yangi o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham ushbu tajriba joriy etiladi.

Teglar

Mavzuga oid