add

Epli Qirg‘iziston sotib olgan benzinini O‘zbekistonga eksport qilmoqda

Qirg‘iziston O‘zbekistonga benzin eksportini 1,6 barobar oshirdi. Mamlakatning o‘zi ham neft va benzinni import qiladi. Biroq mamlakat samarali va raqobatli yoqilg‘i bozori orqali o‘z mahsulotini arzon narxda taklif eta olyapti.

Epli Qirg‘iziston sotib olgan benzinini O‘zbekistonga eksport qilmoqda
Qirg‘iziston O‘zbekistonga benzin yetkazib berish hajmini sezilarli darajada oshirdi. Bu haqda mamlakat Uluttuk statistika komiteti ma’lumotlariga asoslangan hisobotda qayd etilgan. 2025 yilning olti oyi mobaynida O‘zbekistonga benzin eksporti 1,6 barobar ko‘payib, 4,6 million litrga yetgan. Bir litr benzin o‘rtacha 41,3 sentdan eksport qilingan. Solishtirish uchun, o‘tgan yilning shu davrida narx 44,3 sent bo‘lgan. Ayni paytda O‘zbekistonda 80 shiptir laqabli benzinning eng arzon turi 75 sentga qadar ko‘tarilgan. Narxlar farqi Qirg‘iziston benzinining O‘zbekiston bozorida raqobatbardoshligini kuchaytirmoqda. «Qirg‘izistonning o‘zi neft va benzinni import qiladi. Lekin samarali va raqobatli yoqilg‘i bozori yarata olgani ortidan, oligarxiya va monopolistlar zararkunandaligi tufayli yoqilg‘i juda qimmat qo‘shni O‘zbekistonga benzin eksport qila olishmoqda», - deya yozmoqda iqtisodchi-bloger Otabek Bakirov. Mutaxassisga ko‘ra, O‘zbekistonda benzin narxi qimmatligiga monopoliya va oligarxiyaning ta’siri bilan shakllangan yuqori narxlar asosiy omil bo‘lmoqda. Avvalroq, O‘zbekistondagi yoqilg‘i narxining yuqoriligi qo‘shni Qozog‘istondagi jinoiy tuzilmalar e’tiborini ham tortgani, jumladan, kriminal guruhlar 450 metrlik yer osti quvurini qurib, O‘zbekistonga benzinni noqonuniy yo‘l bilan kiritishga harakat qilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Epli Qirg‘iziston sotib olgan benzinini O‘zbekistonga eksport qilmoqda | Vaqt.uz