
Erdo‘g‘on: Turkiya Quddusning haqoratlanishiga yo‘l qo‘ymaydi
17.09.2025 | 20:3229572
«Biz mintaqada beqarorlik va qon to‘kilishini keltirib chiqarayotganlarga qat’iyat bilan qarshi turamiz», - dedi u.

Turkiya hech kimga Quddusni haqoratlashga imkon bermaydi, deb ta’kidladi mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on bugun, 17 sentyabr kuni Turkiya Tashqi ishlar vazirligining yangi majmuasi poydevorini qo‘yish marosimida, deya xabar bermoqda Anadolu.
Erdo‘g‘an Turkiyaning G‘azo aholisi huquqlarini va Sharqiy Quddusga bo‘lgan da’volarini himoya qilish borasidagi pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi. Uning aytishicha, Turkiya «kuch egasi emas, balki haqiqat egasi kuchli bo‘lgan» adolatli tinchlik tarafdori.
Prezident Turkiya tashqi siyosatining mustaqilligini va o‘z nuqtai nazarini himoya qilishga tayyorligini ta’kidladi: «Turkiya diplomatiyasining tili – xushmuomalalik, tashqi siyosati esa tinchlikka yo‘naltirilgan. Biroq bu biz jim turamiz yoki bezbetlikka yon beramiz degani emas. Biz mintaqada beqarorlik va qon to‘kilishini keltirib chiqarayotganlarga qat’iyat bilan qarshi turamiz», - dedi u.





