add

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlandi

Kecha 17:012281 daqiqa

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarayotgan Erkin Turdimovni tavsiya etdi. Viloyat Kengashi deputatlari ma’qullashdi.

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlandi

Prezident ishtirokida o‘tgan Xalq deputatlari kengashi sessiyasida Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimovning viloyatni boshqarishi tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

E.Turdimov 2025 yil 22-yanvardan buyon hokim vazifasini bajarib kelayotgan edi. 

Sessiyada kelasi yil Sirdaryoning iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. Jumladan, hududga 3 milliard dollar investitsiya jalb etish, eksport hajmini 500 million dollarga yetkazish va 185 ming kishi bandligini ta’minlash vazifalari qo‘yildi.

Prezident Turdimovdan belgilangan rejalarni amalga izchil tatbiq etish, aholi turmush sifatiga bevosita ta’sir etuvchi sohalarda tezkor va samarali ishlar olib borishni talab qildi.

Erkinjon Turdimovning 2008–2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi bo‘lib ishlagan. 2018–2024 yillarda Samarqand viloyatiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik ikki yil davomida Surxondaryo viloyatini boshqargan. Mazkur tajriba Sirdaryoda qo‘yilgan vazifalarni bajarishda muhim omil sifatida qayd etilmoqda.

Qayd etib o‘tish kerakki, Erkinjon Turdimov mustaqil O‘zbekiston tarixida to‘rtta viloyatda hokimlik qilgan yagona davlat arbobi sanaladi. U avval Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari hokimi lavozimida ishlagan.

Avvalroq Samarqand viloyatiga Adiz Boboyev, Jizzax viloyatiga esa Ulug‘bek Mustafoyev hokim etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlandi | Vaqt.uz