
Eron havo hududi yopiligani sabab bir nechta reyslar ortga qaytdi
Havo xavfsizligi cheklovlari sabab O‘zbekistondan va O‘zbekistonga yo‘naltirilgan bir qator xalqaro reyslar jo‘nash aeroportlariga qaytdi.

15-yanvar kuni Eron havo hududining yopilishi tufayli O‘zbekiston bilan bog‘liq bir necha xalqaro aviareyslar rejalashtirilgan yo‘nalishini o‘zgartirdi.
Uzbekistan Airports matbuot xizmati ma’lum qilishicha, turli aviakompaniyalar tomonidan amalga oshirilgan reyslar jo‘nash aeroportlariga qaytgan. Xususan,
Fly One Asia’ning 7Q7742 reysi (Madina—Toshkent yo‘nalishi), 7Q4442 reysi (Madina—Farg‘ona yo‘nalishi) Madina ayeroportiga;
Jazeera Airways’ning J9650 reysi (Toshkent—Quvayt) Toshkent ayeroportiga;
Sam Air‘ning 9S3303 reysi (Samarqand—Jidda), Samarqand ayeroportiga;
Fly Khiva’ning 2U7911 reysi (Urganch—Madina) Urganch ayeroportiga;
Uzbekistan Airway’ning HY336 reysi (Jidda—Toshkent) Jidda ayeroportiga.
Barcha holatlar Eron havo hududi orqali uchishga ruxsat berilmagani bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron o‘z havo hududini faqat maxsus ruxsat etilgan parvozlar uchun ochiq qoldirgan. Mamlakatda 2025 yil dekabr oyi oxiridan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari xavfsizlik choralarini kuchaytirishga olib kelgan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron hududida bo‘lib turgan fuqarolarni miting va namoyishlarda qatnashmaslikka, odamlar gavjum joylardan uzoq bo‘lishga hamda shaxsiy xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.





