add

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini mina bilan yopishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

02.07.2025 | 15:0048473

AQSH razvedkasi Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish bo‘yicha harakatlaridan xavotirda. Unga ko‘ra, bu global iqtisodiyotga jiddiy tahdid solishi mumkin.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini mina bilan yopishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
AQSH razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron harbiylari o‘tgan oy Fors ko‘rfazidagi kemalarga dengiz minalarini joylash uchun tayyorgarlik ko‘rgan. Bu haqda «Reuters» agentligi xabar berdi. Mazkur harakat Eron tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan rejaning bir qismi sifatida baholanmoqda. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali dunyo neft va gazining taxminan 20 foizi tashiladi. Uning yopilishi xalqaro iqtisodiy barqarorlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, AQSH manbalari hozircha mina joylashtirish amaliyoti amalga oshmaganini bildirmoqda. Vashington Eron bu harakatlar orqali bosim o‘tkazishga urinayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Eron parlamenti esa bo‘g‘ozni yopish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Biroq bu masalada hali yakuniy qaror qabul qilinmagan. AQSH esa mintaqadagi harbiy kuchlarini yuqori tayyorgarlik holatida ushlab turibdi. Eslatib o‘tamiz, bu orda sobiq prezident Donald Tramp Isroilning G‘azodagi urushni 60 kunga to‘xtatish shartlarini qabul qilganini ma’lum qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid