
Eron Tabriz osmonida Isroilga tegishli dronini urib tushirdi
23.06.2025 | 20:0041982 daqiqa
Eron havo mudofaa tizimlari mamlakat shimoli-g‘arbida joylashgan Tabriz shahri osmonida Isroilga mansub dronni urib tushirdi. Bu haqda Rossiyaning TASS agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dron mamlakat havo hududiga noqonuniy kirgani sabab u Eron Islom inqilobi muhofizlari korporatsiyasi (IRGK) tomonidan ogohlantirishsiz yo‘q qilingan. Ammo IRGK vakili urib tushirilgan uchuvchisiz uchish qurolining turi haqida aniq ma’lumot bermadi.
So‘nggi haftalarda Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik tobora oshib borayotgani kuzatilmoqda. Xususan, Eronga qarshi qator kiber va havo hujumlari ro‘y bergani haqida ham xabarlar tarqalgan. Eron tomoni bunday tajovuzlarga nisbatan qattiq javob berishini bir necha marta ta’kidlagan.
Tahlilchilarga ko‘ra, mazkur voqea ikki davlat o‘rtasidagi mavjud munoqashani yanada kuchaytirishi mumkin. Shu bilan birga, Tabriz hududida mudofaa faollashgani mamlakat xavfsizlik siyosatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganidan dalolat beradi.
Ayni paytda Isroil rasmiylari ushbu voqeaga munosabat bildirgani yo‘q. Eron tomoni esa yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishini ma’lum qilgan.





