
Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklardan xavfsizlik choralarini ko‘rishi so‘raldi
13.06.2025 | 11:4046422
Tehron va Isroildagi vaziyat keskinlashib borayotgani munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga jamoat xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilishni tavsiya qilmoqda. Elchixonalar tomonidan berilgan ogohlantirishlarda xavfsizlik choralari va aloqa ma’lumotlari qayta eslatildi.
Tehrondagi elchixona ma’lum qilishicha, Eron atrofidagi harbiy vaziyat va raketa otishmalari ehtimoli fuqarolarning ehtiyot choralarini kuchaytirishni talab qilmoqda. Fuqarolar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar hamda elchixona aloqa ma’lumotlarini doimiy ravishda o‘zlari bilan olib yurishlari kerak. Favqulodda hollarda 22299780 va 22832025 telefon raqamlari yoki iri.uzembassy@mfa.uz elektron manzili orqali murojaat qilish mumkin.
Shuningdek, Isroildagi vaziyat ham jiddiy xavf darajasida baholanmoqda. Tel-Avivdagi elchixona o‘z fuqarolarini raketa hujumlari paytida tezlik bilan boshpanalarga kirish, rasmiy xabarlarni kuzatib borish va harbiy qo‘mondonlikning ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirmoqda.
Isroildagi favqulodda yordam raqamlari:
03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076,
Shoshilinch holatlar uchun alohida raqam: 054 485 1397.
Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz





