add

Eron: Yahudiy davlati Tehronni hech qanday me’yorga sig‘maydigan mojaroga tortdi

20.06.2025 | 23:0033592

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi xalqaro hamjamiyatni Isroilning Eronga qarshi harakatlarini oqlamaslikka chaqirdi. Unga ko‘ra, bu urushni oqlash uning o‘zida ishtirok etish bilan barobar hisoblanadi.

Eron: Yahudiy davlati Tehronni hech qanday me’yorga sig‘maydigan mojaroga tortdi
Jenevada o‘tayotgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 59-sessiyasida chiqish qilgan Araqchi, Isroil Eronni hech qanday huquqiy yoki axloqiy asosga ega bo‘lmagan mojaroga tortayotganini ta’kidladi. «Isroil va uning tarafdorlari ushbu mintaqani ostin-ustun qilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», - dedi u. Araqchining aytishicha, bu harakatlar AQSH bilan Eron o‘rtasidagi yadroviy muzokaralar qizg‘in pallada bo‘lgan paytda amalga oshirilgan. U bu jarayonni «umidli» deb baholadi va Isroil harakatlarini «BMT nizomiga qarshi dahshatli tajovuz» deb atadi. Eron diplomati bu voqeani xalqaro huquq me’yorlarini buzish deb baholar ekan, xalqaro tashkilotlarni va jamoatchilikni unga qat’iy baho berishga chaqirdi.

Teglar

Mavzuga oid