
Eron YI armiyalarini terroristik tashkilotlar deb e’lon qildi
Bu qadam Yevroittifoqning Islom inqilobi muhofizlari korpusini terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish qaroriga javob sifatida tashlandi.

Eron endilikda Yevropa davlatlari armiyalarini terroristik tashkilotlar sifatida ko‘radi. Bu haqda bugun, 1-fevral kuni Eron parlamenti spikeri Muhammad Bagir Qolibof 2019 yilda qabul qilingan qonunga tayanib ma’lum qildi.
Ushbu qaror Yevroittifoqning Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusini terroristik tashkilot deb tan olish qaroriga javob bo‘ldi.
«YI qarori ortidan Yevropa davlatlari armiyalari terroristik guruhlar deb hisoblanadi», – deydi Qolibof.
YI qarorini sharhlar ekan, Eron parlamenti spikeri Yevropa bunday choralar bilan «o‘z xo‘jayini, ya’ni Amerikani xushnud etishni istayapti», deb qo‘shimcha qildi.
Majlis yig‘inida deputatlar hamjihatlik belgisi sifatida Islom inqilobi muhofizlari korpusi harbiy formasini kiyib chiqishdi. Ayrim siyosatchilar mushtlarini ko‘tarib, «Amerikaga o‘lim» va «Isroilga o‘lim» shiorlarini qichqirishdi.
Brusselning ramziy qadami
29-yanvar kuni Yevroittifoq Eronda yaqinda bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlarining shafqatsiz bostirilishi sababli Islom inqilobi muhofizlari korpusinini terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish haqida qaror qabul qildi. Bu qadam ko‘p jihatdan ramziy deb hisoblanadi, chunki allaqachon amal qilayotgan qattiq sanksiyalar sababli uning amaliy ahamiyati katta emas. YIda Islom inqilobi muhofizlari korpusinini «qora ro‘yxat»ga kiritish masalasi bo‘yicha muhokamalar bir necha yil davom etgan.
AQSH Donald Tramp rahbarligida 2019 yilda Islom inqilobi muhofizlari korpusinini terroristik tashkilot deb tan olgan birinchi davlat bo‘lgan edi. Shundan ko‘p o‘tmay, Eron parlamenti javob choralarini nazarda tutuvchi qonun qabul qildi, unda kelajakda shunga o‘xshash cheklovlar joriy etilsa, bir xil javob berish ko‘zda tutilgan edi. Brusselning Islom inqilobi muhofizlari korpusiniga nisbatan qaroriga javoban aynan shu qonun ishga tushirildi.
Islom inqilobi muhofizlari korpusini Eronning elita harbiy tuzilmasi bo‘lib, qudrati jihatidan muntazam armiyadan ancha ustun hisoblanadi. So‘nggi o‘n yilliklarda korpus nafaqat harbiy salohiyatini oshirdi, balki jamiyat va iqtisodiyotdagi ta’sirini ham sezilarli darajada kengaytirib, mehmonxona tarmoqlaridan tortib aviakompaniyalargacha bo‘lgan turli biznes sohalarida ulushlarga ega bo‘ldi.





