add

Eronda vorislik jaryoni boshlandi: nomzodlar orasida tanish yuzlar bor

Tehronda oliy rahbar vorisini tanlash jarayoni tezlashdi. Sirli muhokamalar markazida esa xalqqa yaxshi tanish ikki shaxs turibdi. Ammo so‘nggi qaror qabul qilinmagan.

Eronda vorislik jaryoni boshlandi: nomzodlar orasida tanish yuzlar bor
Reuters agentligi ma’lum qilishicha, Erondagi oliy diniy organlardan biri tarkibidagi uch kishidan iborat maxsus qo‘mita Ali Xomanaiyning vorisini aniqlash bo‘yicha ishni faollashtirgan. Manbalarga ko‘ra, hozirda asosiy muhokamalar ikki nomzod atrofida bormoqda: 56 yoshli Mo‘jtabo Homanaiy — oliy rahbarning o‘g‘li va Hasan Xumayniy — Islom inqilobining asoschisi Ruxulloh Xumayniyning nabirasi. Hasan Xumayniy Erondagi islohotparvarlar qanotiga yaqinligi bilan tanilgan bo‘lsa-da, katta ruhoniylar va Islom inqilobi muhofizlari korpusi orasida ham hurmat qozongan. Uning siyosiy yo‘nalishi ayrim cheklovlarni yumshatish tarafdori sifatida baholanadi. Boshqa nomzod — Mo‘jtabo Xomanaiy esa otasining siyosiy yondashuvini qo‘llab-quvvatlaydi. U muxolifatni qattiq bosim ostida ushlash va Eron dushmanlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi bilan ajralib turadi. Reuters ta’kidlashicha, bu jarayonda hech narsa hal qilinmagan. Hozircha barcha variantlar ochiq qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Eronda vorislik jaryoni boshlandi: nomzodlar orasida tanish yuzlar bor | Vaqt.uz