add

Eronga zarba berilishiga sanoqli kun qolgani aytilmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Yaqin Sharqdagi o‘z harbiy kuchlarini oliy darajadagi tayyorgarlik holatiga keltirdi. Yadroviy muzokaralarning muvaffaqiyatsiz yakunlanishi va ziddiyatning keskinlashuvi tufayli Vashington shoshilinch choralar ko‘rmoqda.

Eronga zarba berilishiga sanoqli kun qolgani aytilmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Yaqin Sharqdagi o‘z harbiy kuchlarini oliy darajadagi tayyorgarlik holatiga keltirdi. Yadroviy muzokaralarning muvaffaqiyatsiz yakunlanishi va ziddiyatning keskinlashuvi tufayli Vashington shoshilinch choralar ko‘rmoqda.

AQSH rasmiylariga ko‘ra, asosiy e’tibor Fors ko‘rfazi va uning atrofidagi suv hududlariga qaratilgan. Iroqdagi AQSH elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bag‘doddagi elchixona xavfsizlik tahdidlari yuzaga kelgani va dushman guruhlardan xatar tug‘ilganini aytmoqda.

Manamada joylashgan AQSHning 5-floti asosiy bazasi hamda Qatardagi Al-Udeyd aviabazasi oliy darajadagi harbiy tayyorgarlikka o‘tkazildi. Ushbu bazalar AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy va logistika tayanchi hisoblanadi.

Shu bilan birga Turkiya hududi ustidan uzoq masofali radiolokatsiya kuzatuv samolyotlari uchirildi. Bu Amerika razvedkasiga berilgan muhim signal sifatida baholanmoqda. Harakat Yaqin Sharqda kuzatilayotgan tahdidlarni doimiy monitoring qilishga qaratilgan.

Shuningdek, Buyuk Britaniya boshchiligidagi UKMTO xalqaro savdo kemalariga Fors ko‘rfazi, Ummon ko‘rfazi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishda ehtiyotkorlikni kuchaytirishni tavsiya qilgan. Bu esa mintaqada to‘qnashuv xavfi yuqorilaganini ko‘rsatadi.

The Washington Post nashrining yozishicha, Isroil hukumati AQSH ma’muriyatini Eron yadroviy dasturiga qarshi harbiy zarba berishga tayyor ekanligi haqida rasman xabardor qilgan. Ma’lumotga ko‘ra, bu qaror Isroil tomonidan Eronning yadroviy imkoniyatlarini to‘xtatishga qaratilgan qat’iy siyosatning bir qismi hisoblanadi.

Amerika razvedka xizmatlari ham so‘nggi haftalarda shunga o‘xshash xulosaga kelgan: Isroil Eron yadroviy infratuzilmasini harbiy yo‘l bilan bartaraf etish niyatida. Bunday ssenariyda mintaqada keskin harbiy ziddiyat yuzaga kelish ehtimoli yuqori.

Bu ma’lumotlarga javoban New York Times Eron rasmiysiga tayanib xabar berdiki, Eron yuzlab ballistik raketalarni o‘z ichiga olgan javob zarbasi rejasini tayyorlagan. Agar Isroil hujum qilsa, bu raketa zarbalari Isroil hududidagi harbiy va strategik ob’ektlarga qaratilgan bo‘ladi.

Eron mudofaa vaziri urush boshlansa, Amerika barcha bazalariga zarba berilishini, buning oqibatida AQSH mintaqani tark etishga majbur bo‘lishini bayon etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda ikki tonnali kallakka ega raketa sinovdan o‘tkazilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Eronga zarba berilishiga sanoqli kun qolgani aytilmoqda | Vaqt.uz