add

Ertaga Paragvay Prezidenti O‘zbekistonga keladi

10.12.2025 | 20:386411 daqiqa

Santyago Penya Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi va Humo Arenaʼda Formula-1 poygalari g‘oliblarini taqdirlash marosimida ham ishtirok etadi.

Ertaga Paragvay Prezidenti O‘zbekistonga keladi

Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya 11-13-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi, deb xabar bermoqda Prezident rasmiy sayti.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Paragvay o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni o‘rnatishga alohida e’tibor qaratiladi.

Paragvay yetakchisi, shuningdek, Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida o‘tkaziladigan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etadi.

Paragvay — Janubiy Amerikada joylashgan davlat bo‘lib, aholisi qariyb 7 million kishini tashkil etadi. Poytaxti Asunsion shahri. U Braziliya, Argentina va Boliviya bilan chegaradosh. Dengizga chiqi

Paragvay milliy jamoasi ham futbol bo‘yicha JCH-2026ga yo‘l olgan. Ular «D» guruhida mezbon AQSH, shuningdek, Avstraliya va UEFAning «C» yo‘lidagi pley-offi (Slovakiya/Kosovo/Turkiya/Ruminiya) g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Teglar

Mavzuga oid