add

Ertaga qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi

22.05.2025 | 19:3032115

«O‘zgidromet» 23 may, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Ko‘pgina hududlarda havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Ertaga qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi
23 may kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zida 12-15 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 30-32 daraja atrofida bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo biroz bulutli bo‘ladi, ammo yomg‘ir yog‘ish ehtimoli yo‘q. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zida 13-18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja atrofida bo‘ladi. Buxoro va Navoiyda ham havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduz kuni yomg‘ir kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s dan 13-18 m/s gacha esadi. Harorat kechasi 19-24, kunduz kuni 28-33 daraja bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda qisqa yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s dan 13-18 m/s gacha, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24, kunduz kuni 28-33 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan. Yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s dan 15-20 m/s gacha, ba’zida 22 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 21-26, kunduz kuni 33-38 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘onada havo biroz bulutli, ayrim joylarda qisqa yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s dan 13-18 m/s gacha, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 19-24, kunduz kuni 30-35 daraja bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli, ayrim joylarda qisqa yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s dan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18, kunduz kuni 18-23 daraja bo‘ladi. «O‘zgidromet»ning ma’lum qilishicha, hafta oxiriga kelib salqin havo kirib kelishi tufayli harorat 30-32 daraja atrofida pasayadi.

Teglar

Mavzuga oid