add

Falastin elchisi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Falastin elchisi Javad Muhammad Avad bilan uchrashdi.

Falastin elchisi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 9 oktyabr kuni Falastin elchisi Javad Muhammad Avadni qabul qildi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi. «Mamlakatimizda o‘z faoliyatini yakunlayotgan Falastinning O‘zbekistondagi elchisi Javad Muhammad Avad janoblari bilan uchrashdik. O‘zbekiston-Falastin munosabatlarini mustahkamlash va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi Elchinining sa’y-harakatlariga chin dildan minnatdorlik bildiramiz», - deya yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. Qayd etilishicha, O‘zbekiston BMT rezolyutsiyalariga muvofiq, «ikki xalq uchun – ikki davlat» tamoyilini amalga oshirishning qat’iy tarafdori. «Elchi janoblariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», - dedi Baxtiyor Saidov.

Teglar

Mavzuga oid