add

Farg‘onada mahalla raisi hokimiyat majlisidan so‘ng vafot etdi

24.06.2025 | 21:2031863

Ijtimoiy tarmoqlarda Furqat tumanida mahalla raisining vafotiga hokim bilan bog‘liq voqea sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Voqea yuzasidan tuman hokimligi bayonot e’lon qildi.

Farg‘onada mahalla raisi hokimiyat majlisidan so‘ng vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida mahalla raisining tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan chiqib, vafot etgani ta’kidlangan xabarlar tarqalmoqda. Ularda aytilishicha, tuman hokimi tomonidan mahalla raisiga nisbatan qo‘pol muomala qilinib, nafsoniyatiga tegilgani va bu uning majlisdagi vafotiga sabab bo‘lgani aytiladi. Furqat tumani hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra, joriy yil 18 iyun kuni tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etgan. Unda mahalla raislarining vazifalari tanqidiy ko‘rib chiqilgan va yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan topshiriqlar berilgan. Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda tuman hokimi tomonidan shaxsga nisbatan haqoratli so‘z ishlatilmagan. «Kaldushon mahallasi raisi Sharifjon Abdullayev yig‘ilish paytida sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sababli faoliyatini to‘xtatmoqchiligi aytib, yig‘ilishni tark etgan. Hokimlik tashqi hovlisida sog‘ligi yomonlashganligi sababli tez yordam chaqirilgan, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Afsuski, shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, vafot etgan», deyiladi rasmiy ma’lumotda..

Teglar

Mavzuga oid