add

Farg‘onada MIB rahbari pora bilan qo‘lga tushdi

20.06.2025 | 20:1528752

Farg‘ona viloyatidagi tuman MIB rahbari fuqarodan sud qarori ijrosini to‘xtatib berish evaziga 2 ming dollar talab qilib, pora olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Farg‘onada MIB rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. Qayd qilinishicha, u o‘z xizmat vakolatidan foydalangan holda, bo‘ysunuvidagi davlat ijrochisi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasi bo‘yicha javobgarlarni ushbu tumandagi xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgan. 3 iyun kuni u talab qilingan pul mablag‘idan 1200 AQSH dollarini pora sifatida olgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. «Mazkur holat yuzasidan MIB mansabdor xodimiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid