Logo

Fazliddin Mehmonov va Aziz G‘oibnazarovga oid sud sanasi ma’lum bo‘ldi

Bugun 09:201 daqiqa

Sud majlisi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida bo‘lib o‘tadi.

Fazliddin Mehmonov va Aziz G‘oibnazarovga oid sud sanasi ma’lum bo‘ldi © Ijtimoiy tarmoqlar

«Demokrat.uz» internet nashri rahbari Fazliddin Mehmonov va bloger Aziz G‘oipnazarovga oid jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 13-avgust kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Demokrat.uz» rasmiy e’lon berdi.

Ma’lum qilinishicha, sud majlisi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida o‘tkaziladi. Unda ish doirasidagi sud jarayoni davom ettiriladi.

«Sud jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilikning ish holati yuzasidan xolis va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lishi maqsadida jurnalistlar, OAV vakillari hamda barcha manfaatdor fuqarolarni sud majlisida ishtirok etishga taklif qilamiz», — deyiladi xabarda.

Sud majlisi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, Demokrat.uz sayti direktori Fazliddin Mehmonov qamoqqa olingani haqida xabar bergan edik.

Mehmonov Jinoyat kodeksining 165-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (tovlamachilik qilish) sodir etishda gumonlanyapti.

Teglar

Mavzuga oid