add

FIFA O‘zbekistonni FIFA Series 2026 mezboni etib tanladi

Bugun 21:332 daqiqa

Toshkentda o‘tadigan bahslarda mezbon O‘zbekistondan tashqari Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela terma jamoalari ishtirok etadi.

FIFA O‘zbekistonni FIFA Series 2026 mezboni etib tanladi

FIFA xalqaro maydonda terma jamoalar o‘rtasidagi musobaqalar ko‘lamini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan FIFA Series 2026 turnirining mezbonlari va guruhlar tarkibini rasman e’lon qildi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoalari o‘rtasidagi bahslarga mezbonlik qiluvchi sakkizta davlatdan biri sifatida tanlandi.

Turnirda oltita konfederatsiyadan jami 48 ta milliy terma jamoa 12 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Bu dunyo futbol hamjamiyatining deyarli chorak qismini qamrab oluvchi yirik tashabbus bo‘lib, o‘yinlar joriy yilning mart va aprel oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichiga mezbonlik qiladi. Toshkentda o‘tadigan bahslarda mezbon O‘zbekistondan tashqari Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela terma jamoalari ishtirok etadi. E’tiborli jihati shundaki, O‘zbekiston ushbu turnirda qatnashayotgan va Jahon chempionati 2026 yo‘llanmasini naqd qilgan beshta jamoadan biri sifatida qayd etildi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarga O‘zbekistondan tashqari Avstraliya, Ozarbayjon, Indoneziya, Qozog‘iston, Yangi Zelandiya, Puerto-Riko va Ruanda mezbonlik qiladi. Ayollar o‘rtasidagi turnirlar esa Braziliya, Kot-d’Ivuar va Tailand yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. FIFA ushbu musobaqalarning barchasini global miqyosda translyatsiya qilishni kafolatlagan.

Erkaklar guruhlari

Avstraliya (mezbon) - Avstraliya, Kamerun, Xitoy, Kyurasao

Ozarboyjon – Ozarboyjon, Ummon, Siyerra-Leone, Sent-Lyusiya

Indoneziya – Bolgariya, Indoneziya, Sulaymon orollari, Sent-Kits va Nevis

Qozog‘iston – Qamar orollari, Qozog‘iston, Kuvayt, Namibiya

Yangi Zelandiya – Kabo-Verde, Chili, Finlyandiya, Yangi Zelandiya

Puerto-Riko - Amerika Samoasi, Guam oroli, Puerto-Riko, AQSH Virjiniya orollari

Ruanda (A guruhi) – Estoniya, Grenada, Keniya, Ruanda

Ruanda (B guruhi) – Aruba, Lixtenshteyn, Makao, Tanzaniya

O‘zbekiston – Gabon, Trinidad va Tobago, O‘zbekiston, Venesuela

Ayollar guruhlari

Braziliya – Braziliya, Kanada, Janubiy Koreya, Zambiya

Kot-d'Ivuar – Kot-d'Ivuar, Mavritaniya, Pokiston, Tyorks va Kaykos orollari

Tailand – Kongo DR, Nepal, Okeaniya jamoasi, Tailand

Teglar

Mavzuga oid