add

Fiskal strategiya: O‘zbekistonni qanday iqtisodiy o‘zgarishlar kutmoqda?

30.07.2025 | 19:0019176

2030 yilgacha O‘zbekiston iqtisodiy hajmini 160 mlrd dollardan 200 mlrd dollargacha oshirish rejalashtirilgan. Shu davrda jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdorini 5 ming dollardan oshirish maqsad qilingan.

Fiskal strategiya: O‘zbekistonni qanday iqtisodiy o‘zgarishlar kutmoqda?
Iqtisodiyot va moliya vaziriligi 2026-2028 yil uchun fiskal strategiyani e’lon qildi. Bunda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili, soliq siyosati, budjet taqsimoti, davlat qarzini boshqarish va bir qator iqtisodiy rejalar ochiqlangan.   2026-2028-yilda nimalar bo‘ladi? Qayd qilinishicha, iqtisodiy imkoniyatlarda to‘liq foydalanish orqali 2030-yilga qadar iqtisodiyotni milliy strategiyada belgilangan 160 mlrd dollaridan oshirib, 200 mlrd AQSH dollariga yetkazish maqsad qilinmoqda. Shuningdek, “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish, aholi jon boshiga daromadlarni 5 ming dollaridan (Dollar kursi o‘rtacha 12 ming 500 so‘m hisoblansa, bu 62 mln 500 ming so‘m bo‘ladi) oshirish rejalashtirildi. 2025-yilning olti oyiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich jon boshiga 13,7 mln so‘mni tashkil qiladi.   [caption id="attachment_11154" align="aligncenter" width="620"]Stat iv01 Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi[/caption] YAIM yillik o‘sishini esa kamida 6 foiz, inflatsiyani 5 foiz, budjet taqchilligini YAIMga nisbatan 3 foizdan oshmasligini ta’minlash hamda davlat qarzini mo‘’tadil darajada saqlab qolish orqali erishish belgilandi. [caption id="attachment_11155" align="aligncenter" width="620"]Stat im02 Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi[/caption]   Dunyoda nima bo‘ladi? Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisobotiga ko‘ra, jahonda savdo siyosatidagi keskin o‘zgarishlar global savdo tizimini qayta shakllantirishi va noaniqliklarni kuchaytirishi mumkin. Aniqrog‘i, jahon iqtisodiyoti o‘sishi 2025 yilda 2024 yildagi 3,3 foizdan 2,8 foizgacha pasayishi hamda 2026 yilda 3 foizni tashkil etishi prognoz qilingan. 2025 yilda rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishi 2024 yildagi 1,8 foizdan 1,4 foizga kamayishi, 2026-yilda esa 1,5 foizga yetishi kutilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa o‘sish sur’ati 2024-yildagi 4,3 foizdan 2025-yilda 3,7 foizga, 2026-yilda esa 3,9 foizga tushishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, global inflatsiya 2025-yilda 2024-yildagi 5,7 foizdan 4,3 foizga, 2026-yilda 3,6 foizgacha pasayishi prognoz qilingan.   O‘zbekistondan nimalar kutilmoqda? Ushbu hisobda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 2025-yilda 5,9 foiz (2024-yil oktyabrdagi prognoz – 5,7 foiz), 2026-yilda 5,8 foiz miqdorida prognoz qilingan. Iqtisodiy o‘sish esa quyidagicha kutilmoqda:
  • 2025 yilda 6,2 foiz;
  • 2026 yilda 6,1 foiz;
  • 2027 yilda 6,3 foiz;
  • 2028 yilda 6,1 foiz.
  Davlat qarzi [caption id="attachment_11156" align="aligncenter" width="620"]Stat im03 Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi[/caption] Davlat qarzi 2025-yilda ham YAIMga nisbatan 35 foizni tashkil qilishi kutilmoqda. Kelgusi yillarda tashqi qarzlar joriy darajada ushlab turilib, faqat muhim infrastruktura loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilinishini ma’lum qilingan. Umuman olganda, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiya O‘zbekistonning makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, davlat moliyasini samarali boshqarish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligini ko‘rsatadi. Avvalroq, 2026-2028 yillarda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdorlarini har yili inflyatsiyadan yuqori oshirilishi rejalashtirilganini   ma’lum qilgan edik. Bu fuqarolarning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgani aytilgan. Mahliyo Hamidova tayyorladi.  

Teglar

Mavzuga oid