add

Fransiya sobiq prezidenti Sarkozi: «Qamoqda boshimni tik ko‘targancha uxlayman»

25.09.2025 | 19:4040644

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Muammar Qazzofiydan noqonuniy pul olganlik bo‘yicha jinoiy ishda besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Fransiya sobiq prezidenti Sarkozi: «Qamoqda boshimni tik ko‘targancha uxlayman»
Parij sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini 2005-2007 yillarda Muammar Qazzofiyning Liviya hukumati tomonidan uning saylov kampaniyasini moliyalashtirish masalasida jinoiy til biriktirganlikda aybdor deb topdi. Xuddi shu ish doirasidagi boshqa ayblovlar — davlat mablag‘larini o‘zlashtirish, passiv korrupsiya va saylov kampaniyasini moliyalashtirishdagi qoidabuzarliklar bo‘yicha Sarkozi aybsiz deb topildi. Dastlab prokuratura barcha ayblovlar uchun yetti yillik qamoq jazosini talab qilgan edi. 70 yoshli Sarkozi butun sud jarayoni davomida barcha ayblovlarni rad etib keldi. U allaqachon sud hukmi ustidan shikoyat qilishini aytdi.
«Agar ular meni qamoqxonada uxlashimni istashayogan bo‘lsa, bilib qo‘yishsin: men qamoqxonada ham boshimni tik ko‘targacha uxlayman. Men aybsizman. Tabiiyki, apellyatsiyaga beraman», — dedi u.
Ma’lumot uchun, Sarkozi 2007 yildan 2012 yilgacha Fransiya prezidenti lavozimida ishlagan. 2011 yilda u Liviyada Qazzofiyga  qarshi qo‘zg‘olon boshlanganida, bu mamlakatga harbiy aralashuvning eng faol tarafdorlaridan biri bo‘lgan. Chet el kuchlari tomonidan amalga oshirilgan bombardimonlar qo‘zg‘olonchilarning mavqeini mustahkamlashga yordam berdi, natijada Kaddafiy rejimi ag‘darildi va uning o‘zi o‘ldirildi. Sarkozi 2021 yil mart oyida ta’sir o‘tkazish va korrupsiya qilishda aybdor deb topildi. Unga bir yil ozodlikdan mahrum qilish va ikki yil shartli jazo tayinlandi, ammo haqiqiy qamoq muddati elektron bilaguzuk taqish va qisman uy qamog‘i bilan almashtirildi. 2021 yil kuzida Sarkozi yana bir jinoiy ish bo‘yicha aybdor deb topildi — bu 2012 yildagi saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish edi. Dastlab unga bir yillik qamoq jazosi tayinlandi, keyinchalik esa jazo muddati olti oygacha qisqartirildi. Shuningdek, qamoq jazosini elektron bilaguzuk taqish bilan almashtirish imkoniyati ham berildi.

Teglar

Mavzuga oid