
«G‘azab» va «Sharpa»: Turkiya tarixidagi eng dahshatli bombalarni ko‘rsatdi
28.07.2025 | 20:4011152
Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli bombalar sinovini o‘tkazdi. Bu haqda Daily Sabah nashri ma’lum qildi.

Mamlakat IDEF-2025 ko‘rgazmasida «Gazap» (G‘azab) va «Hayalet» (Sharpa) nomli aviabombalarini ilk bor jamoatchilikka namoyish qildi. Ular F-16 samolyotlarida tashiladi va juda katta zarba salohiyatiga ega.
Aviabombalar og‘irligi 970 kgni tashkil qiladi, «Gazap» portlash natijasida har bir metrga 10 dan ortiq portlovchi parcha tarqata oladi. «Hayalet» esa bunkerlarni yorib o‘tish bo‘yicha dunyodagi eng kuchli bombalardan biri hisoblanadi.
Turkiya Mudofaa vazirligi tarkibidagi ilmiy-tadqiqot markaziga ko‘ra, oddiy AQSH texnikalari 2,4 metrli standart betonni teshib o‘tadi. «Hayalet» esa 7 metr chuqurlikdagi, 3 barobar mustahkamroq betonni ham yorib kiradi. U sinov doirasida orolga tashlangan va 90 metr chuqurlik hosil qilib, orolda yer ko‘chkilariga, gaz sizib chiqishiga va katta toshlarning parchalanishiga olib kelgan.





