add

«G‘azo urushi faqat HAMASni mag‘lub etish bilan tugaydi» — Netanyahu

11.08.2025 | 17:3036633

Isroil bosh vaziri G‘azodagi urushni yakunlash uchun yagona yo‘l HAMASni to‘liq yo‘q qilish ekanligini aytdi.

«G‘azo urushi faqat HAMASni mag‘lub etish bilan tugaydi» — Netanyahu
10 avgust kuni Quddusda matbuot anjumani o‘tkazgan Binyamin Netanyahu G‘azo sektoridagi urushni tugatishning «eng yaxshi va yagona yo‘li» HAMASni mag‘lub etish ekanini aytdi. Unga ko‘ra, Isroil hozirda sektorning 75 foizini nazorat qilmoqda, ammo asosiy tayanch nuqtalardan biri — G‘azo shahri hali bosib olinmagan. Bu xaqda RBC xabar berdi. Bosh vazirning ta’kidlashicha, Isroilning maqsadi G‘azoni egallab olish emas, balki «ozod qilish»dir. U urushni tugatish uchun besh tamoyilni sanadi: HAMASni qo‘lsizlantirish, garovdagilarni ozod qilish, G‘azoni demilitarizatsiya qilish va xavfsizlikni Isroil nazoratiga olish, shuningdek, na HAMAS va na Falastin ma’muriyati boshqaradigan «muqobil fuqarolik ma’muriyati»ni tuzish. Yangi tuzilma terrorizmni moliyalamasligi va Isroil bilan tinch yashashga tayyor bo‘lishi lozim. 8 avgust kuni Isroilning harbiy-siyosiy kabineti G‘azo shahrini nazoratga olish rejasini ma’qulladi. Hukumat operatsiya boshlanishidan oldin 1 millionga yaqin aholini janubga evakuatsiya qilish va gumanitar yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. Amaliyot 5 oygacha davom etishi mumkin. Biroq reja Isroilda ham, xalqaro maydonda ham norozilik uyg‘otdi. Tel-Avivda minglab norozilar ko‘chalarga chiqib, urushni kuchaytirishga qarshi chiqdi va garovdagi shaxslarni ozod qilishni talab qildi.

Teglar

Mavzuga oid