add

Germaniya iqtisodiyoti 2029 yilgacha 33 mlrd yevro yo‘qotishi mumkin

17.05.2025 | 14:3045353

Yangi soliq imtiyozlari va iqtisodiy o‘sishdagi sekinlik Germaniyani kelgusi to‘rt yilda kutilganidan 33,3 mlrd yevro kam daromad olish xavfi bilan yuzma-yuz qildi. Hukumat byudjetni konsolidatsiya qilish va modernizatsiya orqali iqtisodiy barqarorlikka erishmoqchi.

Germaniya iqtisodiyoti 2029 yilgacha 33 mlrd yevro yo‘qotishi mumkin
«Deutsche Welle» xabariga ko‘ra, Germaniya Iqtisodiyot vazirligi ishchi guruhi 2029 yilgacha federal byudjetga tushadigan daromad 33,3 mlrd yevroga kamayadi, degan xulosaga keldi. Bu mamlakatda aholiga berilgan yangi soliq imtiyozlari tufayli yuzaga kelmoqda. Hozirgi vaziyatda federal hukumatning byudjetdagi ulushi 0,6 mlrd yevroni tashkil etishi mumkin. Umumiy taqchillik esa 2,7 mlrd yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 2025–2026 yillar oralig‘ida mamlakat iqtisodiyotida jiddiy o‘sish kutilmayapti — tegishlicha 0 va 1 foiz darajasida. Moliya vaziri Lars Klingbaylga ko‘ra, hukumat Germaniyada so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik modernizatsiya dasturini boshlamoqda. Bu orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish rejalashtirilgan. Germaniya ishbilarmonlar hamjamiyati ham soliq imtiyozlarini kengaytirish tarafdori ekanini bildirgan. Bundan tashqari, byudjetni konsolidatsiya qilish orqali ustuvor xarajatlar aniqlanib, moliyaviy samaradorlik oshirilishi kutilmoqda. 6 may kuni Xristian-demokratik ittifoq rahbari Fridrix Mers Bundestagda ovoz berishning ikkinchi bosqichida kansler etib saylandi. U 325 ta ovoz bilan yetarlicha qo‘llab-quvvatlandi va mamlakatda yangi iqtisodiy siyosatga yo‘l ochildi.  

Teglar

Mavzuga oid

Germaniya iqtisodiyoti 2029 yilgacha 33 mlrd yevro yo‘qotishi mumkin | Vaqt.uz