add

Germaniya kansleri Yevropada eng kuchli armiya tuzishni va’da qildi

14.05.2025 | 20:3715543

Fridrix Mers Bundestagda so‘zlar ekan, Germaniya Yevropadagi eng kuchli oddiy armiyaga ega bo‘lishi uchun barcha zarur mablag‘larni ajratishini bildirdi.

Germaniya kansleri Yevropada eng kuchli armiya tuzishni va’da qildi
Germaniya kansleri Fridrix Mers mamlakat Bundesverni Yevropa Ittifoqidagi eng kuchli oddiy armiyaga aylantirish niyatida ekanini bildirdi. Politico ma’lumotiga ko‘ra, u Bundestagdagi nutqida Germaniyaning iqtisodiy yetakchi sifatida qit’a xavfsizligida yetakchilik qilish majburiyati borligini alohida ta’kidladi. «Federal hukumat Bundesverni Yevropadagi eng kuchli armiya qilish uchun barcha zarur mablag‘larni ajratadi. Bizning do‘stlarimiz va hamkorlarimiz bundan umidvor — va hatto talab ham qilmoqda», — dedi Mers. Ushbu bayonot Germaniyadagi byudjet siyosatining qayta ko‘rib chiqilishi fonida yangradi. Yangi koalitsiya konstitutsiyaviy «qarz to‘sig‘i»ni yumshatib, mudofaa va Ukrainaga yordam uchun yuz milliardlab yevro mablag‘ jalb qilish imkonini yaratmoqda. Mers Berlin Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ham tasdiqladi: «Biz kimning tomonida ekanimiz borasida hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak. Biz — mutlaqo ukrainaliklar tomonidamiz». Rossiyaning 2022 yildagi Ukrainaga bosqinidan so‘ng Germaniya mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirgan. Biroq armiyani qisqartirish va tejamkorlikka asoslangan ko‘p yillik siyosat Bundesverni qayta qurishni shoshilinch vazifaga aylantirgan. Mers esa «passivlik davri tugadi», deb e’lon qildi.  

Teglar

Mavzuga oid