add

Germaniya va AQSH Yevropada Patriot va HIMARS uchun raketa ishlab chiqaradi

18.05.2025 | 10:5218773

Rheinmetall va Lockheed Martin qit’ada raketa ishlab chiqarishni boshlab, Yevropani Amerikadan mustaqil ta’minlashni maqsad qilmoqda.

Germaniya va AQSH Yevropada Patriot va HIMARS uchun raketa ishlab chiqaradi
Germaniyaning Rheinmetall konserni va AQSHning Lockheed Martin korporatsiyasi Patriot havo himoya tizimi hamda HIMARS reaktiv artilleriyasi uchun raketa va snaryadlar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etmoqda. Bu haqda Hartpunkt nashri xabar berdi. Qurol turlari orasida ATACMS, GMLRS, Hellfire, JAGM va PAC-3 raketalari ham bor. Yangi zavod Yevropa hududida quriladi va 2026–2027 yillarda ishga tushiriladi. U yiliga 10 mingta raketa ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Rheinmetall rahbari Armin Pappergerga ko‘ra, AQSHdagi zavodlar Yevropa ehtiyojini ta’minlashga ulgurmayapti: «Ba’zan raketa olish uchun 10 yil kutishga to‘g‘ri keladi — bu juda uzoq». Papperger Rheinmetall korxonada 60 foiz ulushga egalik qilishini ta’kidlagan. Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — uzoq masofali raketalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Bu raketalar Ukraina va Yevropa davlatlari uchun strategik ahamiyatga ega. Ayni paytda Rheinmetall va Lockheed Martin loyihani amalga oshirish uchun Germaniya va AQSH hukumatlarining rasmiy roziligini kutmoqda.

Teglar

Mavzuga oid