add

Germaniya yashil energiya uchun 5,4 trln yevro sarflashi mumkin

15.09.2025 | 13:4541633

Energiewende dasturi doirasidagi xarajatlar keskin o‘smoqda. Biznes yuklamaga chidamay, ishlab chiqarishni chetga ko‘chira boshladi.

Germaniya yashil energiya uchun 5,4 trln yevro sarflashi mumkin
Germaniyada qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish — Energiewende dasturi kelasi 25 yilda mamlakatga 5,4 trln yevroga tushishi mumkin. Bu haqda Germaniya Savdo-sanoat palatasi (DIHK) tadqiqotida qayd etilgan. Xususiy sarmoyalar yillik 82 mlrd yevrodan 2035 yilgacha 316 mlrd yevrogacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu xarajatlar elektr tarmoqlarini yangilash, yangi stansiyalar qurish, zavodlarni qayta moslash, import energiyaga to‘lovlar va transport sohasini yangilash bilan bog‘liq. DIHK rahbari Peter Adrianning ta’kidlashicha, hozirgi siyosat sharoitida bunday o‘tish amalga oshmaydi.
«Ko‘plab tadbirkorlar ishlab chiqarishni chetga ko‘chirishga majbur. Bu esa ish o‘rinlari va Germaniyaning raqobatbardoshligi uchun xavf tug‘diradi», — dedi u.
Germaniya iqtisodiyot vaziri Katarina Rayxe ayrim dasturlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, neft, gaz va ko‘mirdan voz kechish siyosati saqlanadi, biroq o‘tish moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi shart. DIHK bu pozitsiyani qo‘llab-quvvatladi. Hujjatda ta’kidlanishicha, mavjud muammolardan biri — ortiqcha byurokratiya. Tadbirkorlar ko‘p sonli talablar va texnologik cheklovlardan shikoyat qilmoqda. Palataning fikricha, yangi qoidalar emas, bozor mexanizmlari va texnologik ochiqlik asosiy yechim bo‘lishi kerak. Xususan, CO₂ uchun aniq narx belgilash tashabbusi asosiy vosita sifatida ko‘rsatildi.

Teglar

Mavzuga oid