add

Germaniyada qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi

28.05.2025 | 20:1515722

Germaniyada rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan qochqinlar soni 2024 yilda 3,5 million kishiga yetdi. Ularning uchdan biri — Ukrainadan kelganlar. Bu haqda mamlakat federal hukumati ma’lumotlariga tayanib KNA agentligi xabar berdi.

Germaniyada qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
Bundestagdagi so‘lchilar partiyasi vakili Klara Bunger so‘roviga javoban taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yili 124 ming qochqin Germaniyaga kelgan, ulardan 108 ming nafari ukrainaliklar bo‘lgan. Hozirda mamlakatda qochqin maqomiga ega 1,2 millionga yaqin ukrainalik bor. Jeneva konvensiyasi asosida 710 ming nafar inson qochqin deb tan olingan. Yana 43 ming kishiga boshpana olish huquqi berilgan. 197 ming kishini, jumladan, 130 mingga yaqin Afg‘onistondan kelganlarni deportatsiya qilish taqiqlangan. Shu bilan birga, 200 ming kishi mamlakatni tark etishi shart hisoblanadi. Biroq hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan 178 ming nafari ayni paytda Germaniyada vaqtincha qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Germaniyada qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi | Vaqt.uz