add

Google sun’iy intellekt yordamida qidiruvni yangilamoqchi

17.07.2025 | 16:152512

Google «Circle to Search» o‘rniga sun’iy intellektga asoslangan yangi qidiruv xizmatini sinovdan o‘tkazmoqda. Yangi funksiya «Tell Me About This» deb nomlanadi va Gemini yordamchisiga integratsiya qilingan.

Google sun’iy intellekt yordamida qidiruvni yangilamoqchi
2023 yil oxirida ishga tushirilgan «Circle to Search» funksiyasi ekrandagi ma’lumotlar asosida qidiruv imkonini bergan edi. Yangi xizmat esa foydalanuvchi tomonidan belgilangan tasvirlar yoki matnlar bo‘yicha sharhli javoblar tayyorlaydi. Android Authority nashriga ko‘ra, Gemini ichida bu funksiyani faollashtirish uchun alohida tugma ham mavjud. Google hozircha bu xizmat avvalgisini to‘liq almashtiradimi yoki unga qo‘shimcha sifatida taklif etilladimi — aniq ma’lumot bermagan. Biroq kompaniyaning qidiruv va sun’iy intellekt imkoniyatlarini birlashtirishga katta e’tibor qaratgani qayd etilmoqda. Bu yangilik Google’ning AI texnologiyalarini keng joriy etish va foydalanuvchi tajribasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadini ko‘rsatadi. Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Google kompaniyasiga 314 million dollarlik jarima qo‘llangani haqida ham xabar berilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid