add

Google va Apple o‘zbekistonliklarni kiberhujum xavfidan ogohlantirdi

08.12.2025 | 21:264291 daqiqa

Korporatsiyalar Intellexa josuslik dasturiy ta’minoti orqali amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli kiberhujumlar bir necha davlatda foydalanuvchilarni qamrab olganini ma’lum qildi.

Google va Apple o‘zbekistonliklarni kiberhujum xavfidan ogohlantirdi

Reuters xabar berishicha, Google va Apple kompaniyalari Markaziy Osiyo davlatlarini hakerlar hujumi haqida ogohlantirdi.

Google ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston hozircha eng yuqori xavf guruhidagi davlatlardan biri sifatida qayd etilgan. Korporatsiya ushbu hududda Intellexa kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan josuslik dasturiy ta’minoti qo‘llangan holatlar aniqlanganini bildirgan. Bu dastur foydalanuvchilarning qurilmalariga bildirmasdan kirib borish va ma’lumotlarni yashirin yig‘ish imkonini beradi.

Apple ham shunga o‘xshash ogohlantirishlarni 2-dekabrdan boshlab foydalanuvchilarga yuborishni jadallashtirganini tasdiqladi. Kompaniya hujumlar xususida batafsil ma’lumot taqdim etmagan bo‘lsa-da, ularning ko‘lami keng ekanini qayd etgan. Apple ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha 150 dan ortiq mamlakatdagi foydalanuvchilarga ehtimoliy hujumlar haqida bildirishnomalar yuborilgan.

Kompaniya o‘z bayonotida Intellexa josuslik dasturiy ta’minotidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan hujumlar o‘nlab davlatlarda kuzatilayotganini qayd etgan. Pokiston, Qozog‘iston, Angola, Misr, O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni va Tojikistonda yuzlab akkauntlar shubhali kiberfaoliyat maqsadida nishonga olingani aytilmoqda.

Mutaxassislar bunday ogohlantirishlar foydalanuvchilarni shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilishga jiddiy yondoshishga chaqirishi, korporatsiyalar esa kelgusida bunday tahdidlarni tezkor aniqlash va oldini olish borasida choralarni kuchaytirishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid