Go‘sht importi keskin oshdi: bozorda narxlar ham qimmatlashmoqda

11.03.2026 | 14:251 daqiqa

Fevral oyida O‘zbekistonga go‘sht va go‘sht mahsulotlari importi keskin oshdi. Import hajmining ko‘payishi bilan birga mol, qo‘y va parranda go‘shtining o‘rtacha narxlari ham ko‘tarildi.

Go‘sht importi keskin oshdi: bozorda narxlar ham qimmatlashmoqda

2026 yil fevral oyida O‘zbekistonga jami 86,1 mln dollarlik go‘sht va go‘sht mahsulotlari import qilindi.

Import tarkibida asosiy ulush mol go‘shtiga to‘g‘ri kelgan. Xususan, fevral oyida 67,2 mln dollarlik mol go‘shti import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki karradan ziyodga oshgan.

Go‘sht importi hajmining keskin ko‘payishi bilan birga import narxlarida ham o‘sish kuzatilmoqda. Fevral oyida mol go‘shtining o‘rtacha import narxi 1 kilogramm uchun 4,71 dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich avvalgi oyga nisbatan 0,08 dollarga yuqorilagan.

Shuningdek, qo‘y go‘shtining o‘rtacha import narxi 1 kilogramm uchun 2,72 dollarga yetdi. Bu esa 0,38 dollarlik o‘sishni anglatadi. Parranda go‘shti esa o‘rtacha 1,27 dollardan import qilingan bo‘lib, unda ham 0,08 dollarlik qimmatlashish qayd etildi.

Go‘sht yana yuqori qimmatlagan mahsulotlar qatorida

Fevral oyida go‘sht mahsulotlari ichki bozorda eng ko‘p qimmatlagan oziq-ovqat mahsulotlari qatoriga kirdi. Statistikaga ko‘ra, oy davomida qo‘y go‘shti narxi 2,6 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 27,4 foizga yuqori.

Shu bilan birga, suyaksiz mol go‘shti narxi oy davomida 1,6 foizga oshgan. Bu esa 2025 yil fevral oyiga nisbatan 24,0 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi. Suyakli mol go‘shti ham shu davrda 1,6 foizga qimmatlashgan bo‘lib, yillik hisobda 22,4 foizga o‘sgan.

Parranda go‘shti narxi esa oy davomida 1,4–1,8 foizga oshgan. Yillik taqqoslamada ushbu mahsulot narxi 7,0 foizdan 7,5 foizgacha o‘sgani qayd etilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid