«Gumbaz» bozorida yong‘in bo‘lmoqda
Bugun 17:301 daqiqa
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib borgan.

Bugun, 29-aprel kuni Toshkent shahridagi «Gumbaz» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. VAQT.UZ manbasiga ko‘ra, yong‘in bozor ombori hududida bo‘lmoqda.
Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Zuxriddin Qurbonov VAQT.UZ ga ma’lum qilishicha, hozirda voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar hozirda ish olib bormoqda. Yong‘in o‘chirilgach, uning sabablari o‘rganilib, natijalar bo‘yicha alohida axborot beriladi.





