add

HAMAS AQSHni Eron bo‘yicha ogohlantirdi

19.06.2025 | 08:3018101

HAMAS harakati AQSHning Eronga nisbatan harbiy tahdidlari butun Yaqin Sharq mintaqasini beqarorlashtirishini aytdi.

HAMAS AQSHni Eron bo‘yicha ogohlantirdi
HAMAS AQSHning Eronga nisbatan harbiy aralashuv tahdidlari Yaqin Sharqni «portlash yoqasiga» olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. HAMAS o‘zining rasmiy Telegram kanalida tarqatgan bayonotida AQSHning Eronga qarshi tahdidlarini qat’iyan qoralashini bildirdi. Shuningdek, Isroilning hujumini «ochiq-oydin qonunbuzarlik» va «mintaqa hamda dunyo tinchligiga bevosita tahdid» deb baholadi. Falastin harakatining ushbu bayonoti urushga har qanday chuqurroq aralashuv Qo‘shma Shtatlar uchun potensial xavf tug‘dirishi mumkinligining yana bir dalilidir.

Teglar

Mavzuga oid