add

HAMAS Eron bilan birdamligini e’lon qildi

13.06.2025 | 20:306373

Falastinning HAMAS harakati Isroilning Eronga qilgan hujumini qattiq qoraladi va dunyoni yahudiy davlatini tiyib qo‘yish hamda uning jinoyatlariga barham berish uchun yagona pozitsiyani egallashga chaqirdi. Bu haqda Al Jazeera telekanali bayonotga asoslanib, xabar bermoqda.

HAMAS Eron bilan birdamligini e’lon qildi

«[Isroilning] tajovuzi mintaqani beqarorlashtirishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatni keltirib chiqarmoqda va Netanyaxuning ekstremistik hukumati mintaqani ochiq to‘qnashuvga tortishga bo‘lgan qat’iy intilishini ko‘rsatmoqda», — deyiladi bayonotda.

HAMAS hujumni «xalqaro me’yorlar va konvensiyalarni ochiqdan-ochiq buzadigan shafqatsiz tajovuz» deb atadi va bu Isroilning «butun mintaqa uchun hayotiy xavf tug‘dirayotganini» yana bir bor tasdiqladi, deb qo‘shimcha qildi.

HAMAS Eron Islom Respublikasi bilan to‘la hamjihatligini bildirdi hamda Eron rahbariyati va xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi.

«Biz shafqatsiz sionistlarning tajovuziga uchrayotgan Eronga hamdardligimizni bildiramiz. Bu hujum – avvalo, Eronning Falastin xalqi va qarshilik kurashchilariga ko‘rsatayotgan yordami uchun jazodir. Biz ushbu qo‘rqoqlarcha hujum qurboni bo‘lgan Eron yetakchilari va olimlari uchun motam tutamiz. Agar sionistlar mana shunday hujumlari orqali adolat kuchlarini zaiflashtirish yoki mintaqadagi so‘roq ostida turgan mavqeini mustahkamlash haqida o‘ylayotgan bo‘lsa, qattiq adashishadi. Aksincha ular xato ustiga xato qilishmoqda, bu esa ular uchun tayyorlab qo‘yilgan Allohning intiqomini yanada yaqinlashtiradi», — degan Al Qassam brigadalari so‘zchisi Abu Ubayda o‘z so‘zida.

Teglar

Mavzuga oid