add

HAMAS: G‘azoning 2 milliondan ortiq aholisi ochlikdan o‘lish xavfi ostida qolmoqda

21.07.2025 | 21:2018102

Harakat bayonotida ta’kidlanishicha, 650 mingdan ortiq bola jiddiy oziq-ovqat yetishmasligidan aziyat chekmoqda.

HAMAS: G‘azoning 2 milliondan ortiq aholisi ochlikdan o‘lish xavfi ostida qolmoqda
Isroilning G‘azoga qarshi davom etayotgan qamali tufayli 2 milliondan ortiq aholi ochlikdan o‘lish xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda Falastinning HAMAS harakati o‘zining Telegram kanalida e’lon qilgan bayonotida ma’lum qildi. «G‘azoda ikki milliondan ortiq kishi ochlikdan o‘lish xavfiga duch kelmoqda, 650 mingdan ortiq bola esa jiddiy to‘yib ovqatlanmaslik holatidan aziyat chekmoqda», - deya ta’kidlanadi bayonotda. Avvalroq, harakat Isroilni ochlik va G‘azo aholisini eng zarur narsalardan mahrum qilishni genotsid vositasi sifatida qo‘llaganlikda ayblab, xalqaro hamjamiyatni 21 oydan ortiq davom etayotgan Isroilning G‘azo qamalini to‘xtatish uchun darhol choralar ko‘rishga chaqirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid