add

HAMAS Isroil bilan ikki oylik sulhga rozilik bildirdi

05.07.2025 | 19:3029153

Falastindagi HAMAS harakati Isroil bilan 60 kunlik sulh tuzish va asirlarni ozod etish bo‘yicha taklifga ijobiy javob berdi. Harakat muzokaralarni darhol boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.

HAMAS Isroil bilan ikki oylik sulhga rozilik bildirdi
HAMASning bayonotiga ko‘ra, ular Qatar va Misr vositachiligida taklif etilgan shartlarga rozilik bildirib, o‘zaro kelishuvga erishish bo‘yicha jiddiy muzokaralarga kirishish niyatida. Harakat bu asosda amaliy mexanizmlarni muhokama qilishga tayyor ekanini bildirgan. Shu bilan birga, The Times of Israel nashri HAMASning javobida hal etilishi oson bo‘lmagan muhim shartlar borligini qayd etdi. Isroil esa avvalroq AQSH tomonidan taklif etilgan rejaga rozilik bildirgan va hozirda HAMASning javobini o‘rganayotganini ma’lum qilgan. Bundan avval HAMAS AQSH taklifini muhokama qilish maqsadida falastinlik yetakchilar va siyosiy fraksiyalar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazayotgani haqida bildirgan edi. The New York Times gazetasi yozishicha, harakatning harbiy qanotiga yaqinda tayinlangan yangi rahbar Izzaddin al-Haddod bu urushni yo «sharafli bitim» bilan tugatish yoki uni «ozodlik urushi»deb atash kerakligini aytgan. Isroil tomoni esa AQSH taklif etgan ikki oylik otashkesim rejasini ma’qullagani va muzokara jarayonini boshlashga tayyor ekanini bildirgan.

Teglar

Mavzuga oid