add

HAMAS Trampga maktub yo‘lladi

22.09.2025 | 22:3036353

Harakat to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSH prezidentiga murojaat qilgan maktub shu hafta oxirida AQSH prezidentiga topshiriladi.

HAMAS Trampga maktub yo‘lladi
Falastinning HAMAS harakati AQSH prezidenti Donald Trampga G‘azoda 60 kunlik sulhni kafolatlashni so‘rab maktub yo‘llagan. Buning evaziga ular garovga olinganlarning yarmini ozod qilishni va’da qilgan. Bu haqda Fox News telekanali Tramp ma’muriyatining yuqori lavozimli amaldoriga tayanib xabar berdi. Fox News telekanalining bosib olingan Quddusda faoliyat yuritayotgan bosh xorijiy muxbiri Trey Yingst shunday yozdi: «HAMAS prezident Trampga G‘azoda 60 kunlik tanaffusni shaxsan kafolatlashni so‘rab xat yo‘lladi. Buning evaziga ular garovga olinganlarning yarmini darhol ozod qilishni taklif qilishmoqda». Hozircha Falastin harakati tomonidan imzolanmagan, biroq yaqin kunlarda imzolanishi kutilayotgan xat Qatarda saqlanmoqda. Channel 12 va Fox News xabar berishicha, ushbu maktub shu hafta oxirida AQSH prezidentiga topshiriladi. Qatar sentyabroyi boshida Isroilning Fors ko‘rfazi mamlakatiga qarshi tajovuzidan so‘ng qolgan 48 nafar isroillik asirni almashish bo‘yicha kelishuv uchun vositachilik harakatlarini to‘xtatdi. Qatar poytaxtiga berilgan zarba xalqaro miqyosda, jumladan Rossiya va Ukraina tomonidan qoralandi, shuningdek muzokaralardagi keskinlikni yanada kuchaytirdi. HAMASning taklifi Qatar, Misr va AQSH kabi vositachilarning avvalgi tashabbuslariga mos keladi. Shu bilan birga, Isroilning G‘azo shaharlariga qarshi harbiy kampaniyasi qayta boshlanishi fonida so‘nggi 24 soat ichida qamal qilingan hududdagi kasalxonalarga 61 nafar halok bo‘lgan va 220 nafar yangi yarador keltirildi. 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroil agressiyasi qurbonlarining umumiy soni 65 344 kishini tashkil etib, 166 795 kishi yaralangan.

Teglar

Mavzuga oid