Hayit kuni O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Bugun 11:402 daqiqa

20-mart kuni respublika hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, harorat kunduzi o‘rtacha +15...+22 daraja atrofida bo‘ladi.

Hayit kuni O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

O‘zgidromet 20-mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi,

tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+9 daraja iliq, kunduzi +17...+19 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +17...+22 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +17...+22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.

Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.

Sirdaryo viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +17...+22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid